Fidbol.net

«Pari Sen-Jermen» darvozaboni: «Asosiy kiper bo‘lishga munosib ekanimni isbotlashga harakat qildim»

Tahririyat 3
«Pari Sen-Jermen» darvozaboni: «Asosiy kiper bo‘lishga munosib ekanimni isbotlashga harakat qildim»

«Pari Sen-Jermen» darvozaboni Matvey Safonov jamoaga yangi qo‘shilgan Lyuka Shevalye bilan asosiy tarkibdagi o‘rin uchun raqobat haqida fikr bildirdi.

Rossiyalik darvozabonning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil davomida u psixologik, jismoniy va taktik jihatdan ancha o‘zgargan. Safonov Parijdagi birinchi mavsumini moslashuv davri sifatida o‘tkazishini avvaldan tushungan, biroq ikkinchi mavsumda asosiy tarkibdan joy olish uchun jiddiy kurasha olishiga ishongan.

«Shevalye jamoaga kelganidayoq, birinchi mashg‘ulotdan boshlab asosiy darvozabon bo‘lishga munosib ekanimni isbotlashga harakat qildim», — dedi Safonov Le Parisien nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring