O‘zbekiston jahon chempionati oldidan Niderlandiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi
Tahririyat
•
•
15
Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi 1-iyun sanasida mundial mezbonlaridan biri bo‘lgan Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.
Vakillarimiz FIFA Jahon chempionati oldidan so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. O‘yin Nyu-Yorkdagi «Icahn Stadium»da bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Niderlandiya milliy jamoasi mundialda "F" guruhida Yaponiya, Tunis va Shvetsiya bilan bahs olib boradi.
Niderlandiya — O‘zbekiston
8-iyun 23:45
«Icahn Stadium». Nyu-York

Manba: tribuna.uz
Jamoalar
Izohlar 0