Fidbol.net

Oleg Zoteev: "Mash'al" himoyaviy oʻyin koʻrsatishini bilgandik"

Tahririyat 2
Oleg Zoteev: "Mash'al" himoyaviy oʻyin koʻrsatishini bilgandik"

- Bugun "Mash'al" himoyaviy oʻyin koʻrsatishini bilgandik. Shuni hisobga olgan holda oʻyinni nazorat qildik va chiroyli gʻalabaga erishdik.

- Birinchi davrada loy jangidagi uchrashuvda "Mash'al" boshqa murabbiy qoʻl ostida oʻynagandi. "Mash'al"da qandaydir oʻzgarishlar bormi?

- Oʻshanda jamoalar futbol oʻynamadi, hisob. Faqatgina kurash boʻldi, standartlardan foydalanib ketgandik. Bugun "Mash'al" yaxshi oʻyin koʻrsatdi, himoyada yaxshi oʻynab, qarshi hujumlar uyushtirishdi. Umuman olganda "Mash'al" - yaxshi jamoa.

- "Lokomotiv"ning navbatdagi uchrashuvi Kubok doirasida "Bunyodkor"ga qarshi. Jamoaning kubokdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Kubok oʻyinlari deyarli bir oylik tanaffuslardan keyin boʻlmoqda. Bu oʻyinlarga kimlar toʻliq tarkib bilan kelsa, oʻsha jamoa gʻalaba qozonishi mumkin. "Paxtakor" kubokdan chiqib ketdi, "Neftchi"da OChL bahslari bor. "Navbahor"da yaxshi tarkib yigʻilgan. Oktyabrda kim qanday holatda boʻlishini koʻramiz.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring