“Bu biz uchun saboq boʻldi, xatolardan xulosa chiqaramiz” — Aleksandr Xomyakov "Navbahor"dan qabul qilingan magʻlubiyat va bronza poygasi haqida
— Aleksandr Andreevich, bugungi oʻyin haqida fikrlaringiz...
— Nima ham derdim... Har tomonlama magʻlub boʻldik. Munosib gʻalaba bilan raqibni tabriklashdan oʻzga chora yoʻq. Shu bois, oʻyinimiz haqida biror narsa deyish qiyin. Koʻp narsa oʻxshamadi. Bizda pasayish davri boshlandi shekilli — "Qizilqum" bilan oʻyindan beri futbolimiz sifati tobora yomonlashib bormoqda. Hozir koʻp narsani gapirish mumkin, lekin barchasi bahonadek tuyuladi. Raqib barcha jabhalarda bizdan kuchli edi va munosib gʻalaba qozondi. Biz har bir tomonlama imkoniyatni boy berdik.
— Oldingi turlarda "Paxtakor" va "Neftchi"ga qarshi oʻyinlarda jamoada ishtiyoq, koʻzlarda alanga koʻrgandik. Bugun esa bu koʻrinmadi. Bu nima bilan bogʻliq?
— Bilasizmi, bu nima bilan bogʻliq... Afsuski, bunday uchrashuvlarning ahamiyatini juda yaxshi tushunib turgandik. Lekin bugun biz oʻylagandek oʻynashmaydi. Biz hatto kurash ham taklif eta olmadik. Koʻrsatmalarda gaplashgan narsalarimiz amalda aksincha boʻldi: oʻtkazib yuborilgan gollarda ham toʻp yoʻqotilganidan keyingi oʻtish fazalarida sodir boʻldi. 3-daqiqada oʻzimiz oʻtkazib yuborgan va raqibga foralarni yaratib bergan tushunarsiz birinchi golni-ku aytmayman ham.
Ehtimol, kuchimiz etmadi, mahorat etishmadi. Bunday oʻyinlarda emotsiyalardan tashqari yana nimadir kerak boʻladi, bizda esa bugun hech narsa boʻlmadi. Yomon himoyalandik, yomon hujum qildik, ikkinchi toʻplarning barini boy berdik. Sababini tushunib turibman — har bir oʻyinda har xil tarkib bilan oʻynashga majbur boʻlyapmiz. Maydon markazini boy berdik. Markaziy zonada oʻynaydigan futbolchilarimiz yoʻq edi.
— Bugungi magʻlubiyatdan keyin "Buxoro" bronza medallari uchun poygadan chiqdi desak boʻladimi?
— Nazariy jihatdan olsak, ha, shunday deyish mumkin. Chunki bunday chempionatda 7 ochkolik farq va turnir jadvalidagi zichlikni hisobga olsak, bu juda katta ustunlik. Bunday farqni yoʻqotish qiyin boʻladi. Lekin takrorlayman, barcha jamoalar barqaror oʻynamayapti, ochko yoʻqotyapti. Shuning uchun harakat qilib koʻramiz. Echim va futbolchilar uchun motivatsiya izlashda davom etamiz. Oldinda yana 9 ta tur bor, toʻxtashga hali vaqt erta.
— Natijalar pasayishi Javohir Roʻzievning yoʻqotilishi bilan qanchalik bogʻliq?
— Roʻzievni yoʻqotganimizdan keyin tarkibimiz sezilarli darajada kuchsizlandi. Natijalarning oʻzi ham barchasini aytib turibdi. Xayrullaev terma jamoaga ketgan. Shu sababli tayanch zonasida muammolar paydo boʻldi. Joʻraev sariq kartochka oldi. Vaholanki, bizda buzuvchi xarakterdagi yarim himoyachi qolmagandi. Esanov va Quvondiq Roʻziev koʻproq hujumkor plandagi oʻyinchilar, ularda himoyalanish koʻnikmalari unchalik rivojlanmagan. Magʻlubiyatimizning asosiy sabablaridan biri shu.
— Dominik Begichga koʻp imkon berilmayotganining sababi nimada? Kacharava koʻp imkoniyatlarni boy bersa ham asosiy tarkibda tushyapti...
— Raqibning boʻyi baland 4 ta himoyachisiga qarshi oʻynashimizni bilardik. Bizga havodagi kurashlarda ustunlik kerak edi. Nikaning boʻyini inobatga olib, uning roli bugungi oʻyinda Dominik Begichnikiga qaraganda muhimroq boʻladi deb hisobladik. Shu sababli u asosiy tarkibda maydonga tushdi.
— Darvozabon Xamroevning jarohati oʻyinga qanchalik ta'sir qildi?
— Jarohatdan koʻra, u oʻtkazib yuborgan gol uchrashuvga koʻproq ta'sir qildi. 3-daqiqadayoq raqibga burchak zarbasini tezkor amalga oshirishga imkon berdik va mantiqsiz gol oʻtkazdik. Bunday muhim oʻyinda dastlabki daqiqalardayoq raqibga ustunlik berib qoʻyish yoqimsiz, albatta.
Shunga qaramay, hisobni tenglashtirib, oʻyinga qayta oldik. Birinchi boʻlimda oʻsha goldan keyin raqibda boshqa yaqqol vaziyatlar boʻlganini eslay olmayman. Ular ustunlik qilishdi, lekin xavfli vaziyatlar boʻlmadi. Ikkinchi boʻlimda esa biroz ochildik va raqib bundan unumli foydalanib, bizi jazoladi. Bunday oʻyinlar boshqacha oʻynaladi. Bu biz uchun saboq, xatolardan xulosa chiqaramiz.
Manba: championat.asia
Izohlar 0