Fidbol.net

Mirko Yelichich: "Menga nechanchi oʻrinni egallashimiz muhim emas"

Tahririyat 2
Mirko Yelichich: "Menga nechanchi oʻrinni egallashimiz muhim emas"

"Mash'al"ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman. Ular maydonda qoʻrqmay harakat qilishmoqda. Oʻyin oson kechmadi. Toʻliq 90 daqiqa "yopiq" futbol oʻynab boʻlmasligini bilardik. Baribir zonalar ochilib qolardi. Toʻxtovsiz bosim qilishimiz kerak muhim edi", - deya gap boshladi Mirko Yelichich.

- Jamoa toʻrtinchi oʻringa koʻtarilib oldi. Bu siz uchun nimani anglatadi?

- Toʻqqizta oʻyin qoldi. Biz musobaqa jadvaliga qaramayapmiz. Oʻyinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda jamoa oʻyini va uni yaxshilash. Shunda koʻnglim toʻladi.

- Demak, bugungi oʻyindan qoniqdingiz?

- Menga nechanchi oʻrinni egallashimiz muhim emas, ochigʻi. Muhimi, ushbu mavsumdan koʻproq futbolchilarni tarbiyalash. Faqat egallaydigan oʻrnimiz eng muhimi emas.

IMG_6128 — kopiya.JPG

- Ja'far Bahodirovni maydonga tushirishingizga sabab hisob boʻldimi yoki oʻyindan oldin ham shuni reja qilganmidingiz?

- Jamoaga koʻproq kuch kerak edi. Temurxoʻja va Sardor charchab qolishdi. Abduxoliqov toʻpsiz ham koʻp harakat qilmoqda. Ja'far esa kuchga toʻla boʻlib maydonga tushdi.

- Toʻrt kundan soʻng Kubokda "Bunyodkor" bilan oʻynaymiz, keyin esa besh kun oʻtar-oʻtmas "Neftchi" bilan. Tiklanishga vaqt etyaptimi?

- Yoʻq. Shunchaki qanday tiklanish tizimi oʻzgaradi. Biz hozir e'tiborni oʻyindagi jarayonlarga qaratdik. Shuning uchun, hozir qanday yoʻl tutishni bilamiz. "Bunyodkor"ga qarshi "Mash'al" bilan qilgan oʻyinimizni qilmaymiz.

- Yelichich jamoalari juda barqaror oʻyin namoyish etadi va sekinlik bilan oʻyinni yaxshilab boradi. Qaysi mashhur murabbiylarni kuzatasiz va ulardan nimalarni oʻrganasiz?

- Mening sevimli jamoam "Liverpul". Klopp davridagi futbol yoqardi. Juda intensiv edi. Oʻyinni nazorat qilish boʻyicha esa "Barselona", oʻz vaqtida Belsa ham "Lids"da yaxshi ishlagandi. Hozir "Komo"ni misol sifatida keltira olaman. Fabregas koʻp narsani oʻzgartirdi. Men uchun muhimi pozitsion oʻyin.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring