Nkunku «Manchester Yunayted» taklifini rad etdi
Tahririyat
•
•
15
«RB Leypsig» hujumchisi Kristofer Nkunku yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi mumkin edi.
Avgust oyida Germaniya klubi fransuz futbolchisini «Milan»dan sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi. Sky Sport ma’lumotiga ko‘ra, Nkunkuga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirgan, ammo futbolchi «qizil iblislar» taklifini rad etib, avval ham yuqori darajada o‘ynagan Bundesligaga qaytishni tanlagan.
Nkunku «RB Leypsig»ga qaytganidan so‘ng ikki uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt 28 yoshli futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0