«Men buni hech qachon unutmayman». «Inter» murabbiyi Kivu Mourinyoning qilgan ishi haqida gapirdi
«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu UYEFA Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi o‘yin oldidan Joze Mourinyoga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
«Mourinyo men uchun alohida inson. U bilan uchrashganimni katta omad deb bilaman. Hayotimning eng og‘ir davrida u menga yordam bergan va buni hech qachon unutmayman.
Men hech qachon biror kishiga taqlid qilmaganman. Futbolga nisbatan o‘z qarashlarim bor. Ular futbolchi bo‘lib o‘ynagan yillarimda, keyinchalik yoshlar tizimida ishlab, turli g‘oyalarni sinab ko‘rgan davrimda shakllangan. Hozir bu tajriba menga yordam bermoqda.
Biz klub tarixida yangi va muhim sahifalarni yozishimiz kerak. «Inter» so‘nggi yillarda juda yuqori mezon o‘rnatdi. Endi bu tarixni davom ettirishimiz lozim.
Ushbu stadiondagi hissiyotlarimga kelsak, u yanada chiroyli bo‘libdi. Hozir arena ancha zamonaviy ko‘rinadi. Bu yerda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish har qanday insonga ulkan zavq bag‘ishlaydi», — dedi Kivu matbuot anjumanida.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan «Real» — «Inter» uchrashuvi bugun, 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 9 sentyabr kuni soat 00:00 da boshlanadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0