Mareska Xolanddagi o‘zgarish sababini aytdi
Tahririyat
•
•
22
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Erling Xolandning mavsum boshidagi sermahsul o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
Norvegiyalik hujumchi Angliya Premyer-ligasining dastlabki uchta uchrashuvida uchta gol urdi.
«Endi u haqiqiy erkak va ota. Bu yerga kelganida hali ota bo‘lmagan edi. Farzandli bo‘lgach, uning hayoti o‘zgardi, ustuvor maqsadlari ham butunlay boshqacha bo‘ldi.
Men u uchun xursandman. Xoland avval ham yuqori saviyali futbolchi va ajoyib inson edi. Endi esa uning har tomonlama kamol topgani ko‘rinib turibdi. U oilaparvar insonga aylandi va shu bilan birga gol urishda davom etmoqda. Uning yutuqlaridan juda xursandman», — dedi Mareska.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0