Manuel Pellegrini Chempionlar ligasi tarixidagi eng yoshi katta murabbiylar uchligiga kirdi
Tahririyat
•
•
11
8 sentyabr kuni «Lill» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasidagi o‘yinda o‘z maydonida «Betis»ni qabul qildi.
«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Chempionlar ligasi tarixidagi eng yoshi katta murabbiylar uchligiga kirdi.
Turnir tarixidagi eng yoshi katta murabbiylar ro‘yxatini Mircha Luchesku boshqaradi. U 2021 yilda 76 yosh 132 kunlik paytida o‘z jamoasini maydonga boshlab tushgan.
Undan keyin Yupp Xaynkes joylashgan — u 2018 yilda 72 yosh 357 kunlik edi. Bugungi o‘yin vaqtida 72 yosh 357 kunlik bo‘lgan Manuel Pellegrini ham mazkur ro‘yxatda Xaynkes bilan birgalikda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0