Fidbol.net

“Manchester Siti” Rodri boʻyicha ilk taklifni rad etdi

Tahririyat 4
“Manchester Siti” Rodri boʻyicha ilk taklifni rad etdi

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga koʻra, Kataloniya klubi 30 yoshli yarim himoyachi uchun taxminan 45 million evro taklif qilgan, ammo Angliya tomoni bu summani etarli emas deb hisoblagan. “Shaharliklar” etakchilaridan biri uchun taxminan 75 million evro olmoqchi.

Rad javobiga qaramay, “Barselona” muzokaralardan chiqib ketish niyatida emas. Klubda allaqachon yangi taklif tayyorlanmoqda, Rodrining oʻzi esa kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari boʻyicha kelishib olgani aytilmoqda.

Ispaniyalik futbolchi oʻtgan mavsum Angliya Premer-ligasida 21 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 5 ta uchrashuv bor.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring