Fidbol.net

“Liverpul” himoyachisi Jo Gomes jarohat sabab mavsum boshini oʻtkazib yuboradi

Tahririyat 4
“Liverpul” himoyachisi Jo Gomes jarohat sabab mavsum boshini oʻtkazib yuboradi

Himoyachi oʻtgan dam olish kunlari “Liverpul”ning “Sanderlend”ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining birinchi boʻlimidayoq mushagidagi ogʻriq sabab maydonni tark etishga majbur boʻlgandi.

3.jpg

“Joda mushak jarohati bor. Menimcha, bu hammaga aniq edi, chunki u darhol ogʻriqdan shikoyat qildi. Shunga koʻra, hamma narsa uning tiklanish jarayoniga bogʻliq boʻladi, ammo u bir necha haftaga safdan chiqdi.

Bu mushak jarohati va bunday holatlarda futbolchining qancha kunga safdan chiqqanini aniq aytish qiyin. Ammo odatda bunday jarohatlar 1 oy vaqtni oladi.

Agar hammasi yaxshi kechsa, shu muddatda tuzaladi, aks holda biroz uzoqroq vaqt talab etilishi mumkin. Bu juda jiddiy jarohat emas, oddiy mushak shikastlanishi, lekin oʻylashimcha, u mavsum boshigacha safga qayta olmaydi, chunki mavsum startiga koʻp vaqt qolmadi”, – dedi Iraola.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring