Lempardning “Koventri”si va APLning yana ikki klubi Mudrik boʻyicha “Chelsi” bilan bogʻlanmoqda
Tahririyat
•
•
5
“The Sun” jurnalisti Jek Rosserning xabar berishicha, London klubi bilan Angliya Premer-ligasining uchta klubi, jumladan, Frenk Lempard boshqaruvidagi “Koventri Siti” aloqaga chiqqan. Mudrik va Lempard 2023 yilda “Chelsi”da birga faoliyat olib borgan edi.
Ta'kidlanishicha, 25 yoshli ukrainalik futbolchiga APLdan tashqari yana uchta Evropa klubi tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.
Bugun Mudrik “Chelsi”ning Gonkongdagi yigʻiniga borib qoʻshildi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0