Lempard: "Manchester Siti"ga qaytishdan juda xursandman"
"Koventri" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lajak uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.
Angliyalik mutaxassis uchun bu o‘yin alohida ahamiyatga ega. Lempard futbolchilik faoliyatining so‘nggi yillaridan birini "Manchester Siti" safida o‘tkazgan va sobiq klubi bilan bog‘liq yaxshi xotiralari borligini yashirmadi.
"Manchester Siti"ga iliq munosabatdamanmi? Ha. Men u yerda ajoyib bir yil o‘tkazdim. Bu ajoyib futbol klubi. U yerga yana qaytishdan juda xursandman, chunki bu joy bilan bog‘liq yaxshi xotiralarim bor.
Biz uchun bu jiddiy sinov bo‘ladi. Shu bilan birga, nimaga qodir ekanimizni tekshirib ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat", — dedi Lempard matbuot anjumanida.
"Manchester Siti" — "Koventri" uchrashuvi 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0