Fidbol.net

Mark-Andre ter Shtegen "Ayaks"ni nega tanlaganini tushuntirdi

Tahririyat 1
Mark-Andre ter Shtegen "Ayaks"ni nega tanlaganini tushuntirdi

Mark-Andre ter Shtegen "Ayaks"ga o‘tishini puxta o‘ylangan va faoliyati uchun mantiqiy qadam deb atadi.

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Sky Sport nashriga bergan intervyusida yangi klubining ustunliklari haqida gapirib, yakuniy qarorni juda tez qabul qilganini ta’kidladi.

"Bu men uchun har tomonlama ideal variant edi. Tarixiy klub, ajoyib futbol va eng muhimi, bu uslubni mukammal darajaga olib chiqishni istaydigan murabbiy. Men uni avvaldan ham taniyman.

Shuning uchun bu nisbatan oson qaror bo‘ldi", — dedi ter Shtegen.

"Barselona" safida uzoq yillar to‘p surgan tajribali darvozabon "Ayaks"da asosiy posbon va jamoa yetakchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Amsterdam klubi uning tajribasi yangilanish jarayonidagi jamoaga qo‘shimcha ishonch berishini istaydi.

Ter Shtegenning aytishicha, murabbiylar shtabi bilan avvaldan tanishligi va "Ayaks"ning o‘ziga xos o‘yin falsafasi uni Amsterdamda yangi bosqichni boshlashga undagan asosiy omillar bo‘lgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring