Fidbol.net

Gasperini Dibalaning jarohatlaridan xavotir olmayapti

Tahririyat 5
Gasperini Dibalaning jarohatlaridan xavotir olmayapti

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Paulo Dibalaning joriy mavsumda ehtimoliy jarohatlar olishi borasida xavotirda emas. U argentinalik futbolchining jismoniy holati va iqtidoriga to‘liq ishonadi.

Dibala yangi mavsumni juda yaxshi boshladi. U dastlabki 2 ta o‘yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va "Roma"ning chempionlik uchun kurashida muhim figura bo‘lishi kutilmoqda.

"Yo‘q, u mavsumoldi tayyorgarlikni juda yaxshi o‘tkazdi. U kuchli va jismonan tayyor.

Men yoqtirmaydigan bir nechta so‘z bor: asrash, tejash, dam berish... Men Paulodan: "Ko‘proq o‘ynashni xohlaysanmi?" deb so‘rayman. Agar u "ha" desa, hisob 4:0 bo‘lib turgan bo‘lsa ham, uni maydonda qoldiraman.

Futbolchi zavq bilan o‘ynayotgan va o‘zini yaxshi his qilayotgan paytida uni to‘xtatmaslik kerak. Messi qancha o‘yinni o‘tkazib yuborgan?" — dedi Gasperini.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring