Fidbol.net

Ter Shtegen: "Ryudigerning qaroriga tayyor emasdim"

Tahririyat 2
Ter Shtegen: "Ryudigerning qaroriga tayyor emasdim"

Antonio Ryudigerning Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini kutilmaganda yakunlashi Mark-Andre ter Shtegenda katta afsus uyg‘otdi.

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Sky Sport bilan suhbatda uzoq yillik jamoadoshining bu qaroriga mutlaqo tayyor bo‘lmaganini tan oldi.

"Rostini aytsam, bunga tayyor emasdim. Juda afsuslanarli, chunki men uni doimo jamoaning juda muhim qismi deb bilardim", — dedi ter Shtegen.

33 yoshli "Real" markaziy himoyachisi Ryudiger uzoq yillar davomida Germaniya terma jamoasining asosiy yetakchilaridan biri bo‘lib kelgan.

Ter Shtegenning fikricha, uning ketishi jamoa himoyasida sezilarli bo‘shliq qoldiradi va endi murabbiylar shtabi markaziy himoyada uning o‘rnini tezda to‘ldirishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring