Fidbol.net

"Rasing" "Barselona"ning 300 ming yevrolik taklifini rad etdi

Tahririyat 1
"Rasing" "Barselona"ning 300 ming yevrolik taklifini rad etdi

Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida "Rasing Santander"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Andres Valyesilyoni "Barsa Atletik" uchun o‘z safiga qo‘shib olishga uringan.

Kataloniyaliklar 30 avgust kuni yosh futbolchi uchun taxminan 300 ming yevrolik rasmiy taklif yuborgan.

Biroq "Rasing" rahbariyati muzokaralarni davom ettirishni istamagan va futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli to‘liq to‘lanishini talab qilgan.

Klub avvalroq "Barselona" asosiy jamoasi uchun Xorxe Salinasni qo‘lga kiritishga harakat qilganida ham xuddi shunday qat’iy pozisiya tutgan edi.

Valyesilyo transferi amalga oshmagach, "Barselona" "Shtutgart"dan Mirza Chatovichni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring