Fidbol.net

La Liga: "Atletiko" o‘z maydonida "Jirona"ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Tahririyat 20
La Liga: "Atletiko" o‘z maydonida "Jirona"ni kichik hisobda mag‘lub etdi

"Atletiko Madrid" o‘z maydonida Ispaniya chempionati 37-turi doirasida "Jirona"ni mag‘lub etdi — 1:0. Uchrashuv "Sivitas Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yindagi yagona golni 21-daqiqada Ademola Lukman raqib darvozasiga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Atletiko" 69 ochko bilan La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. "Jirona" esa (40 ochko) 15-pog‘onadan 18-o‘ringa tushib ketdi.

«ATLETIKO» — «JIRONA» — 1:0

Gol: Ademola Lukman 21 (1:0).

«Atletiko»: Oblak, Rudjeri, Gansko, Le Norman, Pubil, Baena (Serlot, 61), Koke, Vargas (Morsilyo, 61), Simeone (Almada, 46), Lukman (Langle, 63), Grizmann.

«Jirona»: Gassaniga, Moreno, Vitor Reys, Franses, Martines (David Lopes, 77), Martin, Vitsel (Beltran, 56), Roka (Echeverri, 63), Unai, Xil (Stuani, 56), Sigankov.

Ogohlantirishlar: Le Norman (23), Morsilyo (85).

Manba: stadion.uz

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring