Kurtua Chalxanogluning jarima zarbasini Reshfordning goliga qiyosladi
«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 1-turida «Inter»ga qarshi o‘yinda Xakan Chalxanogluning xavfli jarima zarbasini qaytargani haqida gapirdi. Belgiyalik darvozabon ushbu epizodda jamoasi darvozasini goldan saqlab qoldi. Uchrashuvda «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Chalxanogluning jarima zarbasi? Reshford o‘tgan «el-klasiko»da mening yaqin burchagimga gol urgan edi. Bu yaxshi zarba bo‘lgan, ammo men darvozaning markazi tomon biroz siljib ketgandim.
Jahon chempionatida Lamin Yamal mening darvozamga zarba berganida, yaqin burchakda qoldim va golga yo‘l qo‘ymadim. Bugun kechqurun ham xuddi shunday qildim. Agar kimdir to‘pni devor ustidan oshirib gol ursa, unga faqat olqishlash mumkin. Ammo men endi yaqin burchakni tark etmayman», — dedi Kurtua Movistar nashriga bergan intervyusida.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0