Kubarsi: «Biz o‘zimizga ishonamiz»
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi milliy jamoaning 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 1/16 finali doirasida Avstriyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarligi haqida gapirdi.
«Biz o‘zimizga ishonamiz. Urugvayga qarshi o‘yin haqiqiy jang bo‘ldi, ammo u bizga kurasha olishimizga bo‘lgan ishonchni bag‘ishladi. Bizda jangovar ruh bor, o‘ylaymanki, bu jahon chempionati uchun juda muhim. Bor e’tiborimizni Avstriyaga qarshi uchrashuvga qaratganmiz. Bu bahs nihoyatda ahamiyatli, chunki yakunda keyingi bosqichga chiqish uchun unda albatta g‘alaba qozonishimiz shart. Ularning qanday o‘ynashini ko‘rishimiz, kuchli tomonlarimizni baholashimiz va ularga qayerda zarar yetkaza olishimizni tushunishimiz kerak, eng asosiysi esa — himoyada ishonchli harakat qilishdir», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Marca.
Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 pley-off bosqichiga H guruhidan birinchi o‘rin bilan yo‘l oldi. Avstriyaliklar esa J guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0