Kerrik: "Sheshko jismoniy holatini yaxshilab bormoqda"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa hujumchisi Benyamin Sheshko haqida fikr bildirdi.
"Ben jismoniy holatini doimiy ravishda yaxshilab bormoqda. Unda biroz dam olish imkoniyati bo‘ldi va bu juda muhim edi.
Hozirgi asosiy vazifa — jarohat qaytalanishiga yo‘l qo‘ymasdan oldinga harakat qilish va uni imkon qadar uzoq vaqt sog‘lom holatda saqlash.
O‘tgan mavsumda u katta o‘sishga erishdi. U hali ham yosh, moslashish va rivojlanishda davom etmoqda. Shuning uchun uning oldida hali juda ko‘p narsa bor", — deya Kerrikning so‘zlarini BBC keltirdi.
"Manchester Yunayted" APLning yangi mavsumidagi dastlabki 2 ta o‘yinda 3 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Sheshko hozircha gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0