Fidbol.net

Kerrik: «Manchester Yunayted» har yili Chempionlar ligasida o‘ynashi kerak»

Tahririyat 8
Kerrik: «Manchester Yunayted» har yili Chempionlar ligasida o‘ynashi kerak»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik klub uchun Chempionlar ligasiga qaytish qanchalik muhim ekani haqida fikr bildirdi.

«Bu juda katta ahamiyatga ega. Bu — o‘zingni elita jamoalari, eng kuchli raqiblarga qarshi sinab ko‘rish imkoniyati.

Avval ham aytganman, bu klub uzoq yillar davomida eng yaxshilar bilan raqobatlashishga va o‘zi ham eng yaxshilardan biri bo‘lishga o‘rgangan. Ammo buni oddiy holatdek qabul qilib bo‘lmaydi.

U yerga chiqish qanchalik qiyin ekanini va shu darajada qolish uchun qancha mehnat kerakligini tushunish lozim. Bir necha yil Chempionlar ligasidan tashqarida qoldik, endi esa qaytdik. Shuning uchun bu biz uchun juda muhim.

Biz har yili Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlaymiz», — dedi Karrik matbuot anjumanida.

«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasidagi ishtirokini 10 sentyabr kuni Ozarbayjonning «Sabah» klubiga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring