Kanselu “Al Hilol” yigʻiniga kelmadi: klub uni jarimaga solmoqchi
“Diario Sport” nashrining ma'lumotiga koʻra, portugaliyalik futbolchi klubning Avstriyadagi mavsumoldi yigʻiniga kelmagan. U ayni damda Portugaliyada boʻlib turibdi va agenti Jorje Mendesh uni “Barselona”ga qaytarish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.
Saudiya Arabistoni klubi rahbariyati tartibni buzgani uchun futbolchiga nisbatan intizomiy choralar qoʻllash imkoniyatini koʻrib chiqayotgani xabar qilinmoqda. Manbaning ta'kidlashicha, Kanseluning yoʻqligi tomonlar oʻrtasidagi muzokaralarga yanada keskinlik qoʻshgan.
Shunga qaramay, “Barselona” optimizmni saqlab qolmoqda va bitimni 10 million evrodan kamroq summaga yakunlashga umid qilmoqda. Kataloniyaliklar yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, transferni yaqin orada hal qilish mumkinligiga ishonadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0