Fidbol.net

Kamoliddin Tojiev: "Bunday oʻyinlarga jamoa yaxshi kayfiyatda tayyorlanishi kerak"

Tahririyat 2
Kamoliddin Tojiev: "Bunday oʻyinlarga jamoa yaxshi kayfiyatda tayyorlanishi kerak"

Oʻyindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Uchrashuvni yaxshi boshladik, gol urdik va keyin yana sovuqqonlikka berildik. Bunday oʻyinlarga jamoani yaxshi kayfiyatda tayyorlash eng muhimi. Birinchi boʻlimni 1:0 hisobida yakunlaganimizdan keyin ikkinchi taymda oʻz oʻyinimizni koʻrsatdik va gʻalabaga erishdik.

- Bugun "Paxtakor" ishtiyoqsiz oʻyin koʻrsatdi, jamoaning koʻzi yonmadi. Bunga raqib darajasi sabab boʻldimi?
- Aytganimdek, bunday oʻyinlarga jamoa yaxshi kayfiyatda tayyorlanishi kerak. Hozir hamma raqibni bir oyoqda yutamiz deb oʻylashi mumkin, lekin hozir bunday jamoaning oʻzi yoʻq. Barchasi kayfiyatga bogʻliq. Bu haqda yigitlarga ikki kun gapirdim.

- Boshlangʻich tarkibga hozir qoʻl ostingizdagi eng kuchli tarkibni tushirdingiz. Bunga Kubokda Proliga jamoalarining rotatsiyani amalga oshirayotgan Superliga jamoalarini magʻlub etib qoʻyayotgani sababmi? Hisob yiriklashganidan keyin yoshlarga imkoniyat berildi.
- Bularga ham oʻyin amaliyoti kerak. Natija birinchi oʻrinda, baribir. Lekin bu yigitlarning hammasi ham chempionatda oʻynamadi. Ularga oʻyin amaliyoti berdik. Natijaga qarab yoshlarni maydonga tushirdik. Natija biz uchun muhim.

- Oybek Bozorov haqida soʻramoqchi edim. U bugun yaxshi harakat qildi. Biroq zarbalari tepaga ketdi. Bu nima bilan bogʻliq?
- Ba'zi oʻyinlarda bitta zarba gol boʻladi, ba'zida 10ta zarba ham darvozaga kirmaydi. Oybekda bugun shunday boʻlib qoldi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring