Fidbol.net

Jezus — «Arsenal»dan ketishi haqida: «Hech qanday sababsiz alohida mashg‘ulot o‘tkaza boshladim»

Tahririyat 10
Jezus — «Arsenal»dan ketishi haqida: «Hech qanday sababsiz alohida mashg‘ulot o‘tkaza boshladim»

Braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus Londonning «Arsenal» klubidan «Barselona»ga o‘tishidan biroz oldin jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazishiga to‘g‘ri kelganini aytdi.

«Rostini aytsam, men mashg‘ulotlarda qatnashardim, «Arsenal» bilan butun mavsumoldi tayyorgarlikni odatdagidek o‘tkazdim va ehtimol, ko‘p o‘ynamasligimni yoki avvalgidek ko‘p imkoniyatga ega bo‘lmasligimni bilardim. Ammo menga hech kim hech narsa aytmadi. Men professionalman, tabiiyki, jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazardim, keyin esa hech qanday sababsiz alohida mashg‘ulot o‘tkaza boshladim.

Men mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan ishladim, yuqori darajada yana o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lib qolsa, tayyor turishni istadim. Keyin esa o‘tgan haftada barchasi juda tez sodir bo‘ldi. Deku («Barselona» sport direktori) va klub prezidenti qo‘ng‘iroq qilishdi, agentim ham ajoyib ishladi. Bir zumdayoq bu yerga kelish imkoniyati paydo bo‘ldi va men rozi bo‘ldim. Mana, hozir shu yerdaman», — dedi Jezus.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring