JCH-2026. Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalarining boshlang‘ich tarkiblari ma’lum
14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati «E» guruhi 1-turi doirasida Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. O‘yin AQSHning Filadelfiya shahridagi «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni fransiyalik bosh hakam Fransua Leteksye boshqarib boradi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da chalinadi.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:
-
Kot-d'Ivuar: Fofana, Due, Agbadu, Konan, Singo, KessYE, Fofana, Vai, Diomande, Ture, Pepe.
-
Ekvador: Galindes, InkapYE, Pacho, Ordonyes, Kaysedo, Franko, Minda, Vite, Valensiya, Plata, Yeboa.
JCH-2026ning 2-turida Kot-d'Ivuar terma jamoasi Germaniya bilan (20 iyun), 3-turda esa Kyurasao bilan (25 iyun) kuch sinashadi. Ekvador esa 2-turda Kyurasao (21 iyun), 3-turda esa Germaniya (25 iyun) terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0