Fidbol.net

Islam Maxachev: «Dog‘istonliklarga biroz sharoit va imkoniyat bering, biz har qanday sohada o‘zimizni ko‘rsatamiz»

Tahririyat 5
Islam Maxachev: «Dog‘istonliklarga biroz sharoit va imkoniyat bering, biz har qanday sohada o‘zimizni ko‘rsatamiz»

UFC chempioni Islam Maxachev 2026 yilgi ADCC turnirida 77 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan greppler Magomed Jarbayevni chempionlik bilan tabrikladi.

«Men doim aytaman: dog‘istonliklarga biroz sharoit va imkoniyat bering, biz har qanday sohada o‘zimizni ko‘rsatamiz. Greppling mamlakatimiz uchun nisbatan yosh sport turi, ammo bizda allaqachon ADCC yangi jahon chempioni bor. Menimcha, bu ulkan natija va katta yutuq!

Muhammad va uning butun jamoasini bu g‘alaba bilan tabriklayman! Shu ruhda davom et. Ishtiyoqing va mehnatsevarliging bilan yosh kurashchilar uchun katta namuna va motivasiya bo‘lishingga ishonaman», — deb yozdi Maxachev.

Jarbayev ADCCda oltin medal qo‘lga kiritgan Rossiyaning ikkinchi vakili bo‘ldi. Birinchi bo‘lib 1999 yilda Karimula Barkalayev chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring