Iliya Topuriya murabbiyi: «Biz hatto mashg‘ulotlarni boshlaganimiz yo‘q»
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriyaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Xorxe Gallo promoushen prezidenti Dana Uaytning Topuriya janglarga qaytishga tayyorligi haqidagi so‘zlarini rad etdi.
«Men uchun bu yangilik. U aynan nimani nazarda tutganini va bunday bayonot berishda qaysi ma’lumotlarga tayanganini bilmayman. Hozir biz mashg‘ulotlarni boshlash va yana to‘liq mashg‘ulot rejimiga qaytishga e’tibor qaratyapmiz. Ayni paytda janglarga qaytish bizning asosiy maqsadimiz emas.
Iliya haqiqatan ham juda yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda, ammo biz hali to‘liq mashg‘ulot lagerini boshlaganimiz yo‘q. Hatto MMA bo‘yicha mashg‘ulotlarga ham hali jiddiy kirishganimiz yo‘q», — dedi Gallo.
Topuriya 15 iyun kuni Jastin Getjiga qarshi jangda burun va yuz suyaklaridan jarohat olgan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0