Fidbol.net

Peyj transferi uchun jiddiy raqobatchilar paydo bo‘ldi

Tahririyat 4
Peyj transferi uchun jiddiy raqobatchilar paydo bo‘ldi

«Manchester Yunayted» «Lester»ning yosh yarim himoyachisi Luis Peyjni transfer qilish uchun jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin. TEAMtalk xabarlariga ko‘ra, «Borussiya Dortmund» vakillari 18 yoshli futbolchini «Stokport Kaunti»ga qarshi uchrashuvda kuzatgan.

Peyj «Lester»ning 4:3 hisobidagi g‘alabasiga ikki golli uzatma bilan hissa qo‘shib, skautlarda yaxshi taassurot qoldirgan.

Unga «Manchester Yunayted»dan tashqari «Manchester Siti», «Liverpul», «Everton», «Nyukasl» va «Sanderlend» ham qiziqish bildirmoqda, «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem» ham futbolchini kuzatayotgani aytilgan.

«Manchester Yunayted» yozdayoq Peyjni o‘z safiga qo‘shishga uringan. Biroq «Borussiya Dortmund»ning yosh iqtidorlarni rivojlantirishdagi tajribasi ingliz klubi uchun jiddiy raqobat bo‘lishi mumkin. 

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring