Iraola: «Bizga Virtsning eng yaxshi sport formasi kerak»
«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola yarim himoyachi Florian Virtsdan qaysi pozisiyada foydalanish niyatida ekanini aytib o‘tdi.
Ispaniyalik mutaxassis nemis futbolchisini Arne Slot davrida vaqti-vaqti bilan o‘ynagan chap qanotda emas, balki maydon markazida — hujumchining ortida ko‘rmoqda.
«Bizga Florianning eng yaxshi sport formasi kerak. Men uni ko‘proq hujumchi ortidagi pozisiyada ko‘ryapman. Ba’zida undan chap qanotda foydalanishganini bilamiz, ammo u bilan ishlashni aynan hujumchi ortida boshlaymiz», — dedi Iraola matbuot anjumanida.
Virts Germaniya terma jamoasida ham chap qanotda o‘ynagan, biroq u yerdan muntazam ravishda markazga ko‘chib o‘tib harakat qilar edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0