"Inter" "Manchester Siti" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Tahririyat
•
•
3
"Inter" ingliz futbolchisini markaziy himoyani kuchaytirish uchun variant sifatida koʻrib chiqmoqda. Shu yozda erkin agent maqomini olgan Stounz atrofidagi vaziyatni "Yuventus" ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Jon Stounz barcha turnirlarda 18 ta oʻyinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali bergan ma'lumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 18 million evroni tashkil etadi. Angliyalik himoyachi "shaharliklar" safida 2016 yildan buyon toʻp tepib kelayotgan edi va ushbu davr mobaynida olti bor Premer-liga chempionligi hamda Chempionlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritishga ulgurdi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0