Fidbol.net

Merson "Man Siti"ning sovrinlarini bekor qilishga chaqirdi

Tahririyat • • 2
Merson "Man Siti"ning sovrinlarini bekor qilishga chaqirdi

Oʻtgan haftada "shaharliklar" APLning moliyaviy qoidalarini buzish boʻyicha deyarli barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilgani haqida ma'lumot paydo boʻldi — faqat bittasidan tashqari. 2023 yilning fevral oyida APL "Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha boʻlgan davrda moliyaviy qoidalarning 115 ta turli buzilishida ayblagan edi. Keyinchalik The Times gazetasi gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi: Premer-liga endigina ayblovlarni e'lon qilganida, ba'zi qoidalar boʻyicha chalkashlik yuzaga kelgan edi.

Kecha APL klub barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilganini ma'lum qildi.

— Men shunchaki hayratdaman. Oxirgi bir necha yilda 115 ta ayblov haqida gapirildi, lekin shaxsan oʻzim ulardan etti, soʻkkiz yoki toʻqqiztasi isbotlanadi deb oʻylagandim.

Togʻrisini aytsam, bu koʻngilda noxush iz qoldiradi. Birinchi navbatda, ulardan barcha trofeylarni tortib olish kerak. Oʻylashimcha, bu eng birinchi qilinishi kerak boʻlgan ish. Gap bizda ham emas, balki 50, 60, 70 yildan keyin farzandlarimiz, nevara va evaralarimiz "Manchester Siti" qanday gegemonlik qilganiga qarashganida, ular ["Siti"] nimadadir aybdor boʻlganini bilishmaydi.

Men ularni ikkinchi oʻrinni egallaganga berish kerak demayapman, chunki, meningcha, bu juda keskin qaror boʻladi, lekin oʻylashimcha, ularni shunchaki bekor qilish kerak.

Ular bekor qilinishi kerak, chunki "Siti" biz gapirayotgan oʻsha harakatlar evaziga gegemonlik qildi. Agar sizda shunchalik katta ustunlik boʻlsa — gap 830 million funt haqida ketmoqda — futbolda gegemonlik qilishingiz hayratlanarli emas, — dedi Merson.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring