Gvardiol: “Mareska “Manchester Siti”ga juda mos”
Mareska “Siti” rulida 2016 yildan beri jamoani boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning oʻrnini egalladi.

“Bu erdagi daraja juda yuqori va Entso Mareskaning bosh murabbiy etib tanlangani bejiz emas.
Oʻylaymanki, unda zarur fazilatlar va yangi gʻoyalar bor. Biz ham qaysi uslubda oʻynashimizni, qanday futbol koʻrsatishimizni va qaysi taktikadan foydalanishimizni tushunib olishimiz kerak.
Menimcha, u jamoaga juda mos tushadi, lekin albatta vaqt talab etiladi. Bu biz uchun mutlaqo yangi narsa, murabbiyni almashtirish oson emas, shu sababli moslashuv ma'lum vaqtni oladi.
Vazifamiz — unga maksimal darajada yordam berish, uni eshitish va imkon qadar tezroq koʻnikishga harakat qilish.
Men u bilan allaqachon koʻrishdim. Jorohatim haqida, shuningdek, Pep davrida jamoa qanday oʻynagani va men qanday harakat qilganim haqida ozgina gaplashib oldik. Umuman olganda, hammasi shu”, – dedi Gvardiol.
Manba: championat.asia
Izohlar 0