Fidbol.net

FIFA UEFAni tuhmatda aybladi

Tahririyat 5
FIFA UEFAni tuhmatda aybladi

Bu haqda “The Telegraph” xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga koʻra, UEFA AQShning uchta sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, FIFA prezidenti Janni Infantinodan amalga oshmay qolgan futbol boʻyicha Jahon chempionati ulushlarini sotishga oid Fifa Forward Enterprise (FFE) rejasiga taalluqli barcha materiallarni oshkor qilishni talab qilgan.

Shuningdek, UEFA oʻz hujjatlaridan birida oʻzi va boshqa manfaatdor tomonlar "Shveytsariyada Infantino hamda, ehtimol, FIFAning boshqa mansabdor shaxslari va maslahatchilariga qarshi jinoiy da'vo qoʻzgʻatishga tayyorlanayotgani" haqida ogohlantirgan. Agar FIFA hujjatlarni tezkorlik bilan ochiqlashga rozi boʻlsa, uzoq davom etadigan sud jarayonining oldini olish mumkin, degan fikr mavjud.

Biroq shu hafta FIFA oʻz bayonoti bilan javob qaytarib, suddan ushbu iltimosnomaga "qarshi chiqish"ni soʻradi.

"Garchi bu [UEFA] bayonotlari sarlavhalar va ish raqamlari bilan yuridik hujjat sifatida rasmiylashtirilgan boʻlsa-da, ular UEFAning FIFA va uning rahbariyatiga qarshi tuhmat kampaniyasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan matbuot xabarnomasidan (press-reliz) boshqa narsa emas", – deya FIFA bayonoti mazmunini keltiradi “The Athletic”.

FIFA FFE rejasi "shunchaki bir taklif" boʻlganini ta'kidlamoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring