Fidbol.net

"Qanday azob chekkaningizni, yiqilib, yana oyoqqa turganingizni koʻrdim". Messining rafiqasi turmush oʻrtogʻiga murojaat qildi

Tahririyat 2
"Qanday azob chekkaningizni, yiqilib, yana oyoqqa turganingizni koʻrdim". Messining rafiqasi turmush oʻrtogʻiga murojaat qildi

Antonella futbolchiga Instagram tarmogʻidagi sahifasi orqali murojaat qildi.

"Ushbu bosqichni aynan shunday yakunlaganingizdan naqadar faxrlanaman. Shuncha yillar, shuncha lahzalar, qanchadan-qancha quvonch va albatta taqdirning qancha zarbalari... Qanday azob chekkaningizni, yiqilib, yana oyoqqa turganingizni koʻrdim. Nimadir oʻxshamay qolganida oldinga intilishda davom etganingizni va har doim qaytadan urinib koʻrganingizni koʻrdim. Va shuncha yillardan soʻng siz bilan birga orzularingiz roʻyobga chiqishini koʻrish va hayotimizning eng baxtli kunlarini birgalikda kechirish menga nasib etdi. Biroq bu butun tarixda meni eng koʻp ta'sirlantirgan narsa — farzandlarimiz bularning barchasini yaqindan kuzatib ulgʻayganligi boʻldi. Ular oʻz otasining oʻzi istagan narsa uchun kurashganini, taslim boʻlmaganini va eng oxirigacha ishonishda davom etganini koʻrishdi. Keyin esa yoningizda boʻlib, qanday qilib hamma narsaga erishganingizni va Jahon kubogini boshingiz uzra koʻtarganingizni koʻra olishdi", – deb yozdi futbolchining rafiqasi.

Uning soʻzlariga koʻra, qachonlardir farzandlari oʻz otasining tarixi qanchalik buyuk ekanini haqiqatan ham tushunib etadilar.

"Bugun esa ular shunchaki oʻz otasi bilan faxrlanishadi. Men ham siz bilan faxrlanaman. Sizning bosib oʻtgan yoʻlingiz, barcha engib oʻtgan qiyinchiliklaringiz va eng muhimi, ushbu har bir lahza ortida turgan shaxsiyatingiz bilan faxrlanaman. Bularning barchasini siz bilan birga boshdan kechirish — qanday baxt! Biz sizni cheksiz sevamiz", – deya soʻzini yakunladi u.

Avvalroq Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring