Fidbol.net

Morgan: "Messida terma jamoa safida 125 ta gol bor, Ronalduda esa — 146 ta. Shu bilan tarixdagi eng buyuk futbolchi borasidagi bahslarga nuqta qoʻyildi"

Tahririyat 1
Morgan: "Messida terma jamoa safida 125 ta gol bor, Ronalduda esa — 146 ta. Shu bilan tarixdagi eng buyuk futbolchi borasidagi bahslarga nuqta qoʻyildi"

Morgan Messi va Ronalduning milliy terma jamoalari safidagi gollari sonini taqqoslab, Krishtianu tarixdagi eng yaxshi futbolchi degan xulosaga keldi.

3.jpg

"Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 125 ta gol urib, faoliyatini yakunladi — bu futbol tarixidagi ikkinchi natija. Krishtianu Ronaldu esa Portugaliya safida 146 ta gol urgan — bu futbol tarixidagi eng yaxshi koʻrsatkich. Shu bilan tarixdagi eng buyuk futbolchi borasidagi bahslarga nuqta qoʻyildi", – deb yozdi Morgan X tarmogʻida.

Morgan avval ham aynan Ronalduni tarixdagi eng buyuk futbolchi deb hisoblashini bir necha bor ta'kidlagan edi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring