Fidbol.net

Argentina futbol assotsiatsiyasi Infantinoni qoʻllab-quvvatladi

Tahririyat 7
Argentina futbol assotsiatsiyasi Infantinoni qoʻllab-quvvatladi

“Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va uning Ijroiya qoʻmitasi nomidan sizga, hurmatli prezident va siz orqali FIFA rahbariyatiga murojaat qilib, soʻnggi 10 yil davomida sizning rahbarligingizda amalga oshirilgan ishlarga oʻz xayrixohligimizni bildiramiz. Bu ishlarning asosiy yoʻnalishlari butun dunyoda futbolni rivojlantirish va aniq, barqaror hamda shaffof boshqaruv modeli asosida institutsional tuzilmani mustahkamlash boʻldi.

Keng muhokamalarga sabab boʻlgan soʻnggi voqealar munosabati bilan, eng boshidanoq futbol jamoatchiligida ishonchdan koʻra koʻproq savollar va noaniqliklarni keltirib chiqargan loyihani amalga oshirishdan voz kechish haqidagi ma'muriyat qarorini alohida ta'kidlashni lozim topdik. Shu munosabat bilan ushbu jarayonda yoʻl qoʻyilgan xatolarning tan olingani va FIFAga a'zo 211 ta federatsiyaga yoʻllangan murojaatda kechirim soʻralganini ta'kidlash muhimdir”, – deyiladi tashkilotning rasmiy saytidagi bayonotda.

Assotsiatsiyaning ta'kidlashicha, boshqaruv tamoyillariga rioya qilish FIFA, unga a'zo tashkilotlar va konfederatsiyalar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashning asosiy omili hisoblanadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring