FIFA vitse-prezidenti Xyuitt Infantinodan Balogunning JChdagi diskvalifikatsiyasi bekor qilingani sabablarini tushuntirishni talab qildi
Manbaning xabar berishicha, Xyuitt Infantinoga JChni oʻtkazish huquqlarining bir qismini sotish rejalariga doir hujjatlarni oshkor qilish iltimosi bilan ham murojaat etgan. FIFA vitse-prezidentining Infantinodan tashqari federatsiya bosh kotibi Mattias Grafstryomga ham yuborilgan maktubida tashkilotdagi korporativ madaniyatning buzilishi va samarasiz boshqaruv borasidagi ayblovlar ilgari surilgan. Infantino FIFA kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadigan 15 oktyabrga qadar Xyuittning soʻroviga yozma javob taqdim etishi shart.
JCh-2026 vaqtida FIFA Intizom qoʻmitasi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 1/16 final bahsida (2:0) qizil kartochka olgan AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini toʻxtatib turgandi. Shundan keyin futbolchi Belgiyaga qarshi kechgan 1/8 final oʻyinida (1:4) maydonga tusha oldi.

Iyul oyida Infantino tashkilotning asosiy erkaklar va ayollar turnirlarini nazorat qiluvchi FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tuzishni rejalashtirgandi. Bundan tashqari, u Jahon chempionatlarini oʻtkazish huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish taklifini ham ilgari surgandi. FIFA ushbu loyiha 4,2 milliard dollar mablagʻ jalb qilishi mumkinligini bildirgandi. Biroq mazkur tashabbusga UEFA, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL qarshi chiqdi.
Keyinchalik 56 yoshli FIFA rahbari bu loyihadan voz kechdi. Shunga qaramay, UEFA unga nisbatan ishonch yoʻqolganini ma'lum qildi, koʻplab Evropa mamlakatlari futbol federatsiyalari esa Infantinoni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0