De Paul terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Messiga murojaat qildi: "Sen mangusan"
"Vatanimizga boʻlgan soʻzsiz muhabbating, tuganmas janglaring, kuching, etakchilik fazilatlaring va yigʻinga kelgan har bir futbolchiga boʻlgan insoniy munosabating. Terma jamoadagi har bir insonga koʻrsatgan e'tiboring... Faqatgina rahmat. Butun tarixdagi eng buyugi. Bizni shunchalik baxtiyor qilganing uchun rahmat. Qanchadan-qancha tabassumlar hadya etganingni tasavvur ham qila olmaysan! Sen mangusan", – deb yozdi De Paul ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Lionel Messi 2005 yilning avgustidan buyon Argentina terma jamoasida toʻp tepib kelayotgandi. Milliy terma jamoa safida hujumchi 207 ta oʻyin oʻtkazib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0