Fidbol.net

Janni Infantino: "Messi futbolni qayta kashf etdi va millionlarni ilhomlantirdi"

Tahririyat 1
Janni Infantino: "Messi futbolni qayta kashf etdi va millionlarni ilhomlantirdi"

Kecha 39 yoshli Messi milliy terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qoʻyganini ma'lum qildi.

"Lionel Messini millionlab insonlarni ilhomlantirgan va ushbu goʻzal oʻyinni qayta kashf etgan yorqin xalqaro faoliyati bilan tabriklayman. 2022 yilgi jahon chempioni, Argentina terma jamoasi safida oʻyinlar va gollar soni boʻyicha, shuningdek, Jahon chempionatlarida maydonga tushish boʻyicha mutlaq rekordchi — sening sehrli iste'doding va kamtarliging doimo yodda qoladi.

Argentina terma jamoasi libosidagi barcha unutilmas lahzalar hamda sayyoramizning barcha burchaklaridagi muxlislarni birlashtirganing uchun tashakkur. Safaringning keyingi bosqichida senga eng ezgu tilaklarimni bildiraman", – deb yozdi Infantino.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring