Fidbol.net

Vozinya “Kolo-Kolo”da taxallusi ostida oʻynashga ruxsat oldi

Tahririyat 7
Vozinya “Kolo-Kolo”da taxallusi ostida oʻynashga ruxsat oldi

Oldinroq OAVda Chili chempionati qoidalarida libosga haqiqiy boʻlmagan ismni yozish taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Vozinya — bu laqab boʻlib, darvozabonning pasportdagi asli ism-sharifi Jozimar Joze Evora Diash.

2.jpg

Biroq “Kolo-Kolo” futbolchisi sifatidagi taqdimot marosimida 40 yoshli posbonga orqasiga “Vozinya” ismi va 29-raqam yozilgan oʻyin libosi topshirildi. Koʻrinishidan, darvozabon liga tomonidan maxsus ruxsatnomaga ega boʻlgan, bu haqda ilgari ham mediada aytib oʻtilgan edi.

JCh-2026 davomida Vozinyaning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 50 mingdan 29,5 million kishigacha koʻpaydi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring