Fidbol.net

Ferran «Barsa»da o‘ziga munosib baho berilmayapti deb hisoblaydi

Tahririyat 4
Ferran «Barsa»da o‘ziga munosib baho berilmayapti deb hisoblaydi

«PSJ» Ferran Torres transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Yaqin kunlarda parijliklar 26 yoshli hujumchining o‘tishi bo‘yicha «Barselona» bilan bevosita muzokaralarni boshlaydi, deb xabar bermoqda Marca. Fransiya klubi va futbolchi o‘rtasidagi moliyaviy masalalar muammo tug‘dirmasligi kerak — kelishuvga erishish uchun asos allaqachon yaratilgan.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham «kataloniyaliklar» safida unga yetarlicha baho berilmayapti deb hisoblaydi va jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Uning «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

La Liganing o‘tgan mavsumida Ferran 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring