Fidbol.net

Fermin Lopes 4 o‘yinda 4-golini urdi, Gordon esa 4-assistini qayd etdi

Tahririyat • • 64
Fermin Lopes 4 o‘yinda 4-golini urdi, Gordon esa 4-assistini qayd etdi

"Barselona" yarim himoyachilari Fermin Lopes va Entoni Gordon Ispaniya chempionatida golli harakatlarini davom ettirmoqda.

Kataloniya klubi La Liganing 4-turida "Valensiya"ga qarshi o‘ynamoqda. Birinchi bo‘limdan keyin hisob 2:0 ko‘rinishida.

22-daqiqada Fermin Lopes Entoni Gordonning uzatmasidan so‘ng gol urdi.

Bu ispaniyalik futbolchining joriy mavsumdagi 4 ta o‘yinda urgan 4-goli bo‘ldi. Shuningdek, uning hisobida bitta golli uzatma ham bor.

Entoni Gordon esa La Liganing dastlabki 4 turida 4 ta golli uzatma qayd etdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring