Fidbol.net

Farhod Nishonov: "Sifat bilan birga natija ham boʻlishi kerak"

Tahririyat 14
Farhod Nishonov: "Sifat bilan birga natija ham boʻlishi kerak"

– Bugungi oʻyin haqida oʻzingizning fikrlaringizni oʻrtoqlashsangiz.

– Qiyin oʻyin boʻldi. Har bir oʻyin qiyin boʻlyapti biz uchun. Yigitlar harakat qildi. Oʻylaymanki, yaxshi, sifatli epizodlar boʻldi, yaxshi ham oʻynadik. Lekin xato-kamchiliklarimiz koʻp, ularni toʻgʻrilashimiz kerak. Oʻyindan oʻyinga kuchayib borishimiz kerak, deb oʻylayman. Sifatli oʻyin talab qilyapmiz, bu – yaxshi, lekin sifat bilan birga natija ham boʻlishi kerak.

– Oʻtgan mavsum ettinchi turda, xuddi mana shunday paytda jamoangiz birinchi oʻrinda edi. Hozir esa ettinchi oʻrinda, adashmasam. Bu nima bilan bogʻliq? Jamoaning kuchsizlangani bilanmi yoki Proliga kuchaydimi?

– Jamoamizning asosiy oʻyinchilari ketishgan, ularga omad tilaymiz. Oʻylashimcha, bunga ozgina vaqt kerak. Pro liga oʻtgan yilgidan koʻra bu yil farq qiladi, chunki joriy yilda jamoalar soni koʻp, kuchli jamoalar soni koʻp, yaxshi jamoalar bor. Men oʻylaymanki, chempionat hali uzoq davom etadi. Bizda imkoniyatlar hali etarlicha. Oʻsha yoʻqotilgan ochkolarni keyingi oʻyinlarda asta-sekin qoʻlga kiritamiz.

– Bugungi oʻyinda jamoa ikki ochko yoʻqotdimi yoki bir ochkoga ega chiqdimi?

– "Ikki ochko yoʻqotdi" desak boʻladi, chunki biz gʻalaba uchun oʻynagandik. Koʻrganingizday, durang boʻldi. Lekin oʻyin shuni koʻrsatib berdiki, durang ikkala jamoaning harakatlariga ham mos natija boʻldi, deb oʻylayman.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring