Fidbol.net

Fabio Kannavaro (matbuot anjumani toʻliq holda): "JChda natijani kafotlamayman, ammo futbolchilar borini berishadi"

Tahririyat 2
Fabio Kannavaro (matbuot anjumani toʻliq holda): "JChda natijani kafotlamayman, ammo futbolchilar borini berishadi"

"Barchaga salom. Mundialni kutib yashayapmiz. AQShga etib olishni kutmoqdamiz.

Bu erga kelganimdan beri barchaga eshiklarni ochiq deganman. Kimdir yaxshi formada, kimdir yoʻq. Ba'zi futbolchilarimiz musobaqani oʻtkzib yuborishadi. Men chaqirmagan yigitlar meni etarlicha ishontira olmagandir. Kimdir jarohatda toʻgʻri, ammo men oʻzim ishongan futbolchilarimni chaqirganman”, – dedi Kannavaro.

6.jpg

- Italiya terma jamoasida murabbiylar koʻproq jismoniy holatlarga e'tibor berishgan. Ayni paytda koʻpchilikni oʻylantirayotgan savol futbolchilarning jismoniy holati qanday? Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy nimalar demoqda? Futbolda jismoniy holat eng muhim jihatlardan biri…

- Toʻgʻri. Biz bu erga kelganimizdan beri ushbu muammoga e'tibor beryapmiz. Shuning uchun ham Assotsiatsiyadan Superligani bir muddatga toʻxtatib turishni iltimos qildim. Oʻtgan hafta yigʻinni boshladik. Yigitlar qiynalishmoqda, lekin yaxshi jihat shundaki, ular taslim boʻlishmayapti, mehnat qilishda davom etishmoqda. Men bu erga kelganimdan beri futbolchilarga eng yaxshi yoʻlni va echimni koʻrsatishga harakat qilyapman. OʻFAga rahmat, barcha iltimoslarimga labbay deb javob bermoqda. Yana qoʻshimcha mutaxassislarni jalb eta oldik.

Top jamoalarga qarshi mehnat qilmasdan natijaga erishishning iloji yoʻq. Yugurmaydigan futbolchilar gʻalaba qozona olmaydi.

- Aziz Turgʻunboev nega MTJga jalb etilmadi? Jismoniy holatimi yoki boshqa sabab?

- Aziz bilan gaplashdim. U jarohat olganida tezroq jismoniy holatini yaxshilashi kerakligini aytdim. Oʻyinlarda uning tana harakatlarini koʻrmadim. Men uchun futbolchilar "messej" berishlari kerak. Bu – futbol. Ayrim vaziyatda kimnidir tanlashga toʻgʻri keladi. Agar Aziz mening fikrimni oʻzgartira olsa, men uni yana terma jamoaga chaqiraman. Muammo yoʻq.

7.jpg

- Tanlangan raqiblar haqida gapirib oʻtsangiz. Aynan ushbu raqiblarni oʻzingiz tanladingizmi?

- Biz Ermatov bilan koʻp gaplashamiz. Shuning uchun yaxshi raqiblarni tanlashga harakat qilamiz. Biz har doim kuchlilar bilan oʻynashimiz muhim. Koʻplab terma jamoalar bizga taklif bilan chiqishdi. Kanadani tanlaganimizning sababi ular mahalliy jamoa. Niderlandiya esa Evropadagi eng top jamoalardan biri. Bizning taqvimimiz futbolchilarni bosqichma bosqich kuchaytirib borishga qaratilgan.

8.jpg

- Superligadagi intensivlik juda past. Jismoniy holatimizni yaxshilashimiz kerak deb aytib kelmoqdasiz, ammo joriy yigʻinga chaqirilgan futbolchilar orasida jarohatlanganlar bor. "Lazaret"dagi yigitlar maydonga qaytganida yaxshi sport formada boʻlmasligi aniq. Biz esa Portugaliya va Kolumbiya bilan oʻynaymiz. Ular shunchaki dahshatli darajada. Ularga qarshi kechadigan oʻyinda yaxshi ma'noda "it" kabi yugurish kerak boʻladi. Shunda savol tugʻiladi, jarohatlangan futbolchilarni chaqirib, nimani koʻzlayapsiz? Ularni mundialgacha tiklay olasizmi?

- Ular men bilan birga boʻlgani yaxshiroq. Men bilan deganimda nimani nazarda tutyapman? Assotsiatsiya va mening shtabim nazorati ostida boʻlishini. Nimaga? Mening shtabimdagi mutaxassislar oʻz ishining ustasi. Ular haqiqiy profesionallar. Jahon chempionati kabi bir turnir davomida eng yaxshi mutaxassislar bilan ishlash muhim. Bu birinchi sabab.

Bilaman, hozirgi kunda qaysidir futbolchi 100% tayyor emasdir yoki oʻzining eng yaxshi holatida emasdir. Misol uchun, Mashharipov. Men Mashharipovni mundialga olib borish uchun borimni berib harakat qilaman. Nega? Chunki u kiyinish xonasidagi muhim shaxs. Jamoa uchun muhim futbolchi. Men terma jamoaga kelganimdan beri Mashharipov bir daqiqa ham oʻynamagan boʻlishiga qaramay. U jamoa etakchisi. Men u bilan koʻp marotaba gaplashdim. Futbolchilar ham shunday boʻlishi kerak. Futbolchilar menga shunday ishtiyoqni koʻrsata olishi. Terma jamoaga chaqirilishi kerakligini isbotlashi kerak. Menga bir nima koʻrsatinglar. Shu sabab, yigʻinga shu futbolchilarni chaqirdim. Toʻgʻri, ularning orasida jarohatlanganlar bor. Jarohat olgan futbolchilar yakuniy roʻyxatdan joy oladimi yoki yoʻq, uni bilmayman. Vaqt koʻrsatadi.

Keyin esa yakuniy qarorni qabul qilaman. Men yigitlarni eng yaxshi fitness murabbiy va boshqa mutaxassislar qoʻl ostida tiklanishini ta'minlayman.

- Menga maydonda jangchi futbolchilar kerak, degan edingiz. Sizning davringizdagi Italiya terma jamoasida shunday futbolchilar koʻp edi. Masalan, Jennaro Gattuzo. Hozirgi yigʻilgan tarkibda qaysi futbolchilarni shunday xarakterga ega degan boʻlardingiz? Etarlicha "jangchi"larni yigʻa oldingizmi?

- Mening davrimdagi Italiya bilan hozirgi jamoani taqqoslash notoʻgʻri. Yigitlarning yondashuvidan koʻnglim toʻq. Eng muhim jihat hech qaysi vaziyatda engilmaslikka intilish. Qoʻpol qilib aytganda "it" kabi harakatlanish. Har bir vaziyatni oxirigacha etkazish va jang qilish. Kolumbiya va Portugaliyani texnika boʻyicha enga olmaymiz. Toʻpga egalik qilganimizda esa oʻyinni nazorat qilishga harakat qilishimiz kerak.

- Superliga va Evropa top chempionatlari oʻrtasidagi farq katta degan edingiz. Hozirgi vaqtda faqatgina Husanov va Shomurodov yaxshi formada deb oʻylayman. Qolgan liderlarimiz — Hamrobekov, Ashurmatov kabilar oʻyin amaliyotisiz qolib ketgan. Bir oy vaqt qoldi. Ular mundialga qadar oʻz formasiga qayta oladimi?

- Imkon qadar harakat qilamiz, ammo ularni majburlab yuboriimiz ham kerak emas. Men doktorlar, nutritsiologlar bilan ularni tiklashga harakat qilamiz. Bizda ikki oydan beri oʻynamayotgan Erondagi yigitlar bor. Holatimiz zoʻr emas. Faqatgina ishlash, ishlash, ishlash.

- JChdan nima kutaylik?

- Men bu erga kelganimdan beri hamma shu savolni beradi. Kimdir mundialni yutishni ham soʻradi. Bir narsani tushunaylik, bu birinchisi. Futbolchilarga bosim kerak emas. Bir narsa qilishimiz kerak, maydonga borimizni berishimiz va barchasini maydonda tashlab ketishimiz. Maydonda barchasini koʻrsatsak, hech narsadan afsuslanmaymiz. Hammasini maydonga tashlash. OʻZbekistonliklar shuni tushuninglar, biz Evropa va Lotin Amerikasi jamoalariga qarshi oʻynaymiz. Bu oson emas. Birinchisi, yana takrorlayman, birinchisi. Bizning yoʻqotadigan narsamiz yoʻq. Vaziyatdan bahra olib, maydonda borimizni beraylik. Natijani kafotlamayman, ammo futbolchilar borini berishadi.

- Siz koʻpincha himoyada eksperiment qilyapsiz. Shu sababli himoyadagi xatolar kuzatildi. Ularning oldini olish uchun nimalar qilyapsiz?

- Shu paytgacha uchta markaziy himoyachi bilan oʻynab kelyapmiz. Menga qadar Kapadze va Katanets shunday taktikada oʻynab kelgan. Taktikani oʻzgartirishim notoʻgʻri boʻlardi. Natija olib kelgan narsani oʻzgartirish ahmoqlik. Raqibdan kelib chiqib, toʻrt nafar himoyachi bilan oʻynashimiz ham mumkin. Hammasi oʻyin qanday kechishiga bogʻliq.

- Jahon chempionati kabi katta musobaqada har bir detal katta ahamiyatga ega. Standart vaziyatlarga alohida tayyorgarlik koʻrilyaptimi?

- Standart vaziyatlar juda ham muhim. Statistikaga koʻra, bir mavsumda 15-20 ta golni standart orqali urish mumkin. Bu juda yaxshi jabha.

- Italiya ham mundialda Oʻzbekistonga muxlislik qiladimi? JChdan oldin muxlislarga nima deysiz?

- Italiyaliklar Anchelotti uchun Braziliyaga, Montella uchun Turkiyaga va bizga muxlislik qilishadi. Koʻplab vatandoshlarim bizga muxlislik qilishiga umid qilaman.

JCh favoritlari? Mundialda men uchun asosiy favoritlardan biri — Frantsiya terma jamoasi. Bundan tashqari, ikkita kuchli tarkibga ega Portugaliya ham favorit boʻladi. Bundan tashqari, Argentina hamda Braziliyani ham unutmaslik kerak. Va Angliya ham kuchli.

- Mashharipov boshqa daraja va boshqa keys, biroq terma jamoada jarohatlangan boshqa futbolchilar Behruz Karimov, Abdulla Abdullaev va Husayn Norchaev haqida aytmoqchiman. Ular qaydnomadagi 40 oʻrindan 3 tasini band qilishdi. Ularning oʻrniga Superligadan kimnidir chaqirish varianti yoʻqmidi? Bu ularga nisbatan adolatsizlik boʻlib qolmadimi? Masalan, Norchaevdan koʻra Temurxoʻja Abduxoliqov oʻzini yaxshi koʻrsatib kelayotgandi. Terma jamoa kasalxonaga aylanib qolayotgandek...

- Yoʻq, kechirib qoʻyasiz, bu kasalxona emas. Men sizni hurmat qilaman. Biroq bu fikringiz biroz notoʻgʻri yangradi. Futbolchilar oʻz ustida astoydil ishlamoqda va 3 mahal shugʻullanyapti. Yana bir karra aytaman, men tarkibga jalb etgan 40 nafar futbolchi meni ishontirdi va ularning oʻyindagi harakatlari menda iliq taassurot qoldirdi.

9.jpg

- Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi. Guruhdagi raqiblarimiz haqida fikr bildiridb oʻtsangiz? Osiyo Kubogidagi qaysi natija biz uchun muvafaqiyatli deb qabul qilinadi?

- Osiyo Kubogi? Yanvar oyida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogidagi guruhimiz juda qiziqarli va kuchli raqiblardan iborat. Har bir oʻyin biz uchun jiddiy sinov boʻlib, maksimal e'tibor va tayyorgarlikni talab qiladi.

Mening asosiy ambitsiyalarimdan biri — Osiyo Kubogini yutish. Biz bu maqsad yoʻlida bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Jahon chempionati biz uchun tajriba maydoni boʻlsa, Osiyo Kubogida esa natija uchun kurashamiz.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring