Diomande dam olish kuni ham «Real» bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi
El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, «Real»ning rekord transferi Yan Diomande bugun jamoaga dam berilganiga qaramay, mashg‘ulot o‘tkazish uchun Valdebebas bazasiga kelgan.
Bu holat ivuariyalik qanot hujumchisining o‘z formasini tiklashga bo‘lgan jiddiy munosabati va intilishini ko‘rsatdi. Diomande Madriddagi faoliyatini qiyin boshlagan va hozircha o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish eta olmayapti.
19 yoshli futbolchi «Real»ning joriy mavsumdagi dastlabki beshta uchrashuvining birortasini asosiy tarkibda boshlamadi. Jumladan, u kecha Chempionlar ligasida «Inter»ga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan o‘yinda ham start tarkibiga kiritilmagan.
Diomande uchun to‘langan katta transfer summasi va hozircha o‘yinida ishonch yetishmayotgani sabab unga nisbatan bosim ham kuchaygan. Shu bilan birga, bosh murabbiy Joze Mourinyu yosh futbolchining jamoaga moslashuv jarayonini ehtiyotkorlik bilan boshqarmoqda.
Shuningdek, Yan Diomande 2026 yilgi «Oltin to‘p» doirasida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga nomzodlar qatoriga kiritilgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0