Fidbol.net

Dimarko «Barsa»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi

Tahririyat 7
Dimarko «Barsa»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi

«Inter» chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko yozgi transfer oynasida «Barselona» tomonidan bildirilgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, kataloniyaliklar Dimarkoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun futbolchilar almashinuvi variantini taklif qilgan. Unga ko‘ra, Alexandro Balde «Inter»ga o‘tishi kerak edi. Biroq milanliklar bu taklifni rad etgan.

«Bunday buyuk klublar bilan bog‘lanayotganingni eshitish har doim yoqimli. Mening «Inter»dagi tariximni bilasiz. Bu yerda ko‘p yillardan beri o‘ynayman, shu klubda ulg‘ayganman», — dedi Dimarko.

28 yoshli futbolchi, shuningdek, «Inter» bilan yangi shartnoma imzolash istagi borligini ham bildirdi. Uning amaldagi kelishuvi kelasi yil yakuniga yetadi.

Xabarlarga ko‘ra, «Inter» Dimarko bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

«Yangi shartnoma masalasida hali muzokara o‘tkazganimiz yo‘q. O‘tgan mavsum qanday yakunlanganini hisobga olsam, bu masala tezroq hal bo‘ladi, deb umid qilgandim. Ammo yaqin vaqt ichida bu haqda gaplashish imkoni bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring