Fidbol.net

David Luis «Arsenal» va «PSJ» o‘rtasidagi finalda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Tahririyat 1
David Luis «Arsenal» va «PSJ» o‘rtasidagi finalda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Braziliyalik futbolchi David Luis Londonning «Arsenal» va «PSJ» klublari o‘zaro to‘qnash keladigan Chempionlar ligasi finali haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

39 yoshli himoyachi o‘z vaqtida har ikkala klubda o‘ynashga ulgurgan: 2014 yildan 2016 yilgacha parijliklar sharafini himoya qilgan bo‘lsa, 2019 yildan 2021 yilgacha «kanonirlar» safida to‘p surgan. Ayni damda futbolchi Kiprning «Pafos» klubida faoliyat yuritmoqda.

«Men Budapeshtga yo‘l olyapman, finalda ishtirok etaman. Tanlovimga keladigan bo‘lsak, «Arsenal» va «PSJ» o‘rtasida tanlov qila olmayman — ikkala klubni ham yaxshi ko‘raman», — deya braziliyalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi PSJ Report.

Final uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga belgilangan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring