"Betis" rahbari "Real"ga qarshi g‘alaba haqida fikr bildirdi
Tahririyat
•
•
16
"Betis" vise-prezidenti Xose Migel Lopes Katalan La Liganing 4-turida "Real" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
"Biz mavsumni juda yaxshi boshladik. "Real"ni mag‘lub etish biz uchun nihoyatda muhim edi. Bu g‘alabaga munosib bo‘ldik.
Joze Mourinyo va "Real" muxlislarining xafaligini tushunaman, chunki ular juda yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Ammo darvoza oldidagi imkoniyatlaridan foydalana olishmadi, bizning darvozabonimiz esa bir nechta muhim seyv amalga oshirdi", — deya Katalanning so‘zlarini AS keltirdi.
Uchrashuv Sevilyadagi "Olimpiko de Sevilya — La Kartuxa" stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni Alexandro Ernandes boshqardi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0