Fidbol.net

Bernardu Silva "Barselona"ga oʻtish ehtimoli haqida fikr bildirdi

Tahririyat 3
Bernardu Silva "Barselona"ga oʻtish ehtimoli haqida fikr bildirdi

Futbolchi Portugaliya terma jamoasi Chili ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻrtoqlik uchrashuvidan soʻng bayonot berdi. Silva faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida hali yakuniy qaror qabul qilmaganini tan oldi.

“Barsa? Bu menda bor variantlardan biri, lekin hali bir qarorga kelganim yoʻq. Haqiqat shundaki, menda koʻplab variantlar bor va men ma'lum bir klub haqida gapirmayman. Meni xohlagan jamoada boʻlishga harakat qilaman. Bu men uchun juda muhim”, — dedi Silva.

Bernardu Silva 2017 yildan beri "Manchester Siti" safida oʻynab kelayotgandi. Yakunlangan mavsumda portugaliyalik futbolchi klub safida 53 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring